Braziliya jamoat xavfsizligi vaziri Raul Jungmanning ma'lum qilişiça, Rio-de-Janeyroda milliondan ortiq aholi narkomafiya nazorati ostida yaşamoqda. Bu haqda Excelsior xabar qildi.

Xususan, uning ta'kidlaşiça, ayni damda şahardagi taxminan 830 ta favella narkofuruşlar tödalari tomonidan nazorat qilinadi.

«Ya'ni taxminan 1 mln.dan 1,1 mln.ga qadar odam favqulodda holatdagi zonalarda istiqomat qiladi, bu yerda ularga hattoki minimal xizmatlar ham kafolatlanmagan, bolalar öquv yilini tugata olmaydi, dindorlar esa diniy marosimlarga bora olmaydi, hamda hammasi zöravonlik tufayli», - deya ma'lum qildi u.

Uning sözlariga köra, ştat, xususan, şahardagi vaziyat juda oğirdir.

«Men boşqa ştatlarda şunday aralaşuv talab etilişi mumkin bölgan vaziyatni körmayapman», - deya qöşimça qilib ötdi u.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rio-de-Janeyroda vaziyat oğirlaşayotgani, endi xavfsizlikni armiya ta'minlaşi xabar berilgandi.