Slovakiya madaniyat vaziri Marek Madarik jurnalist Yan Kuçak öldirilişi sababli iste'foga ketişini e'lon qildi. Uning aytişiça, u yuz bergan voqeadan keyin lavozimida qololmaydi.

Kuçak va uning qayliği jasadi fevral oxirida ular yaşagan uyda topilgan. Ular otib öldirilganlar. Politsiyaning ta'kidlaşiça, qotillik 22 fevraldan 25 fevralgaça oraliqda sodir etilgan. Uşbu qotillik Slovakiyada birinçi marta jurnalist öldirilib  ketişi böldi. Kuçak oxirgi vaqtda slovakiyalik siyosatçilarning italyan mafiyasi bilan aloqalari tergovi bilan şuğullangan. Uning öz poyoniga yetmagan tergovi 28 fevralda jurnalist-tergovçilar xalqaro konsorsiumi tomondan çop etildi.

Slovakiya qonunçiligiga köra, madaniyat vaziri matbuotni nazorat qiladi va jurnalistika masalalari bilan şuğullanadi.

Slovakiya boş vaziri Madarikning iste'fosini qabul qilgan.

“Istalgan normal odam ikki kişining öldirilişidan larzaga tuşadi. Madaniyat vazirligi jurnalistlarga eng yaqin idoradir. Bölgan voqeadan keyin özimning vazirlik kursimda bamaylixotir ötira olişimni tasavvur qilolmayman”, deb aytgan Madarik.