Fransiyaning Lacoste kompaniyasi maxsus pololar (köylak) seriyasini çiqardi, u yerda logotipdagi odatiy timsoh örnini yöqolib borayotgan 10 ta hayvon turi tasviri egalladi. Aktsiya Tabiatni muhofaza qiliş xalqaro ittifoqi bilan birgalikda taşkil etildi.

Hammasi bölib 1775 ta şunday polo sotuvga çiqdi. Bunday son bekorga tanlanmadi: u yoki bu tasvirga ega polo miqdori jahonda hozir bor bölgan tur vakillariga tengdir. Masalan, Kaliforniya dengiz çöçqasi populyatsiyasi 30 tani taşkil etsa, Virginiya siklurasi – 450.
Şuningdek, poloda Birma toşbaqasi, şarqiy qora gibbon, Kaliforniya kondori, saola, şimoliy lemur, boyöğli tötiquşi va yavan karkidoni tasvirlangan.
Polo Lacoste’ning faqat Yevropa va AQŞdagi maxsus dökonlarida sotilmoqda. Har bir buyum 150 yevro turadi, mablağlar Tabiatni muhofaza qiliş xalqaro ittifoqiga yuboriladi.











