Germaniyaning Vodafone mobil operatori Nokia kompaniyasi bilan birga 2019 yilda Oyda ilk 4G tarmoğini yaratmoqçi. Bu haqda USA Today naşri xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga köra, ayni vaqtda Oyda örnatiladigan mobil tarmoq kolmponentlarini yaratiş işlari davom etmoqda. Nokia’ning ma'lum qilişiça, uning qurilmasi bir kilogrammdan oşmaydi va qaçondir yaratilgan qurilmalaridan eng yengili böladi. U Oy sirtiga SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi yordamida yetkaziladi.
Oyda 4G tarmoğini yaratiş Yerga Oydan videotasvirlarni va boşqa ma'lumotlarni uzatiş uçun zarur. Yangi qurilma Audi kompaniyasining ikkita lunoxodi örtasida aloqani ta'minlaydi. Lunoxodlar 1972 yilda Oyda bölgan “Apollon-17” kemasi qöngan joyga borişi kerak böladi.
Telekommunikatsiya gigantlariga bu loyihani amalga oşirişda PTScientists koinot kompaniyasi yordam beradi. Hozir kompaniya Oyga lunoxodlarni yetkazişda konteyner bölib xizmat qiladigan va Yer bilan aloqani ta'minlaydigan modulni yaratiş ustida işlamoqda.

















