UMS mobil operatori Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ötkazilayotgan aksiyada iştirok etib, sovrinlarni qölga kiritişga taklif qiladi.

Xotin-qizlarning eng asosiy bayrami arafasida barçamiz odatda turli xil esda qolarli sovğalar tayyorlaşga harakat qilamiz. UMS kompaniyasi minglab variantlarni örganib çiqdi va bu masalada sizlarga yordam berişga şay.

Gullar, uy jihozlari, oşxona buyumlari, kiyim-keçak, taqinçoqlar… Nozik ta'b egalari qalblarini nimalar bilan xuşnud etişga urinmaymiz-a! Oxirgi yillarda bu sovğalar qatoriga mobil gadjyetlar ham qöşildi.

Foto: UMS

Bu tasodif emas! Yuqori tezlik va texnologiyalar asrida zamonaviy xotin-qizlarimizning talab-istaklari ham özgaça. Masalan, maşhur brendga tegişli, ajoyib dizaynga ega va sifatli suratga (şu jumladan selfiga) oladigan ixçam va zamonaviy smartfon ular uçun eng maqbul sovğa böla oladi.

Buni yaxşi tuşungan UMS mobil operatori 8 mart munosabati bilan yangi aksiya boşladi. Uning iştirokçilari beşta Samsung Galaxy S8 yutib olişlari mumkin. Eng qiziği, sovrinlarning rangiga ham alohida e'tibor qaratdik. Kompaniya fikriga köra, çiroy, muvaffaqiyat va nufuzni anglatuvçi aynan tilla rangli smartfonlar xotin-qizlarga juda ham tuşadi.

Xöş, aksiyada iştirok etiş uçun nima qiliş kerak? Aktsiya şartlari juda oddiy va oson. Kompaniya abonenti 1 martdan 8 martgaça bölgan muddatda bir martagina «Bayramona 888 MB» maxsus Internet-töplamini yoki katta hajmdagi bitta oylik Internet-töplamni (1000 MB dan 20000 MB gaça) yoqişi kerak. Uşbu şartni bajargan barça abonentlar avtomatik tazrda öyin iştirokçisiga aylanişadi. Öyinda nafaqat xotin-qizlar, balki erkaklar ham albatta iştirok etişi mumkin – ular smartfon yutib olişsa, sovğa sifatida taqdim etiş imkoniga egalar.

Körib turganingizdek, aksiyada qimmatbaho sovrinlar öynalmoqda, uning şartlari esa qulay. Axir Internet-töplamlar zamonaviy insonlar uçun kerakli mahsulot, aksiga böyiça ularni xarid qilib, u yakunlagandan keyin ham ulardan foydalaniş mumkin. E'tiborlisi şundaki, UMS Internet-töplamlarini Click tölovlar tizimi orqali boşqa abonentga sovğa qiliş (raqamiga ulaş) mumkin. Tasavvur qiling, onangiz yoki turmuş örtoğingizga megabaytlar sovğa qildingiz, u esa ming baravar qimmatroq turadigan smartfon yutib oldi!