Hindistonda safari vaqtida yölbars va yalqov ayiqning olişuvi tasvirga olindi.

Rolik 28 fevralda Maxaraştra ştatida tasvirga olingan. Tabiatşunos Akşay Kumarning NDTV telekanaliga ma'lum qilişiça, olişuvni Matkasur laqabli 7 yoşli yölbars boşlagan. U suv içgani kelgan urğoçi ayiq va uning bolasiga hamla qilgan.

“Yölbars ayiqqa 5 daqiqadan köproq hujum qilgan. U ayiqning ortidan qolmagan, ayiq esa bolasini himoya qiliş uçun unga taşlangan”, deb aytib bergan voqeani Kumar.

Ayiq öz bolasini himoya qiliş uçun yölbars bilan olişişga majbur bölgan. Yölbars ayiqni yiqitib, ançagaça uni qöyib yubormagan. Biroq ayiq yölbarsga nisbatan kuçsizroqligiga qaramasdan, olişuvda ğolib çiqqan va yölbarsni qoçişga majbur qilgan. 

Ikkala jonzot ham jarohatlar olgan, biroq tirik qolgan. Ayiq bola esa beşikast qoçib ketişga muvaffaq bölgan.