AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanksiya çoralarini yana bir yil muddatga uzaytirişini e'lon qildi. Bu haqda Oq uy Matbuot xizmati e'lon qildi.

Ma'lum qilinişiça, Ukrainadagi vaziyat yuzasidan kelib çiqqan xulosalarga tayangan kongressmenlar Şarqiy Ukrainadagi muammolarda Rossiyaning «qöli bor», deb biladi. Bu haqda ma'lumot bergan AQŞ Kongressi Vakillar palatasi spikeri Pol Rayan ilk marta 2014 yili amaliyotda joriy etilgan sanksiyalar töplamini yana bir yilga uzaytirilişini aytgan.

Amerikalik siyosatçilar uşbu töplamni ötgan 4 yil davomida ança kengaytirgan.

Şuningdek, AQŞ prezidenti Venesuelaga qarşi kiritilgan sanksiyalarni ham uzaytirilgani haqidagi hujjatga imzo çekkani ma'lum qilindi.

Rasmiy Vaşington bungaça Venesuelani inson huquqlari, OAV erkinligini toptab kelişda bir neça marta ayblagandi.