Facebook bir yil avval AQŞ va Kanadadagi kompaniyalarga xodimlarni izlaşga doir e'lonlarni joylaştiriş, izlanuvçilarga esa bu e'lonlarga töğridan-töğri ijtimoiy tarmoq orqali javob beriş imkoniyatini taqdim etgan edi. 28 fevral kuni Facebook bu jihoz 40 dan ortiq mamlakatga taqdim etilişi haqida e'lon qildi. 

Ijtimoiy tarmoqdan foydalanuvçi kompaniyalar va odamlar bu funksiyani bepul qöllaşi mumkin böladi, zero uning maqsadi — mahalliy biznesga nomzodlarni yaqin atrofdan topişga yordam beriş. 

Mazkur funksiya ötgan yili yölga qöyilganidan buyon Facebook kompaniyalarga mobil versiya orqali vakansiyalar haqida e'lonlar joylaştiriş, murojaatlarni boşqariş va suhbat kunini belgilaş imkonini beruvçi optsiyalarni qöşdi. Iş izlovçilar özlariga qiziq bölgan böş iş örinlari haqidagi e'lonlar töğrisida xabar qiliş funksiyasini örnatişlari mumkin. Bu funksiyani xalqaro kölamda kengaytiriş Facebook'ning personal tanlovga yönaltirilgan boşqa platformalar (Linkedin, Glassdoor va Monster.com)ga nisbatan aniq pozitsiyasini mustahkamlaydi. 

Facebook servisi kiçik biznesga möljallangan. AQŞdagi işçi örinlarning taxminan yarmi kiçik biznesga töğri keladi va bu Facebook reklama bölimi uçun katta ahamiyatga ega. 2,2 milliard foydalanuvçiga ega ijtimoiy tarmoqning maşhurligi unga iş izlaş jarayonining rasmiy qismini öz zimmasiga oliş imkonini beradi. Hozirning özdanoq Amerikaning har törtinçi fuqarosi Facebook yordamida iş izlagani va topganini aytadi.  Morning Consult kompaniyasi tomonidan mamlakat aholisining 5000 nafar katta yoşli kişisi örtasida ötkazilgan onlayn-sörovnoma şundan dalolat bermoqda. 

Iş izlaş böyiça keng omma orasida tanilgan saytlar tomonidan raqobat mavjudligiga qaramay, Facebook bepul va oddiy jarayonni taklif qiliş bilan ustunlikka ega bölişga e'tibor qaratmoqda. 

Ötgan yili Facebook'ning reklama va biznes-platforma böyiça vitse-prezidenti Endryu Bosuort kompaniya firmalar öz sahifalarida böş iş örinlari haqidagi e'lonlarni berayotganini körib, uşbu funksiyalarni qöşişga qaror qilganini aytgan.

Iş beruvçilar nomzodlar bilan töğridan-töğri Messenger orqali boğlanib, suhbat vaqtini belgilab olişlari mumkin. 

"Uşbu funksiyaning asosiy xususiyati uning foydalanişda osonligi va bepulligida. Bu 70 million kompaniyaga bizning platformamiz orqali 2 milliard xususiy foydalanuvçi bilan boğlaniş usulidir. Yangi funksiyaga allaqaçon start berilgan, biz şunçaki jarayonni yanada  soddalaştiriş ustida işlayapmiz", - dedi Ximel.