Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 248-moddasiga muvofiq tegişli ruxsatnomasiz öqotar qurol, şuningdek öq-dorilar, portlovçi moddalar yoki portlatiş qurilmalari tayyorlaş, oliş, olib yuriş, saqlaş, olib ötiş yoki jönatiş jinoiy javobgarlikka tortilişga sabab böladi.

Ma'lumki, Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi ham Özbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati töğrisida”gi Qonunining 10-moddasiga muvofiq tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oşiruvçi organ hisoblanadi.

Şunga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasi bojxona boşqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda amalga oşirgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida bir neçta fuqarolar tomonidan qurol-yaroğlarning noqonuniy saqlanayotganligini foş qilişdi, deb xabar bermoqda Qoraqalpoğiston Respublikasi bojxona boşqarmasi Ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar guruhi.

Nukus tumanida ötkazilgan tadbir davomida fuqaro Q.D.ning yaşaş xonadoni uning roziligi bilan xolislar iştirokida közdan keçirilganda, yaşaş xonadoni orqa tomonida joylaşgan molxonasi yonida qamişlar orasiga yaşirib saqlab qöyilgan, heç qanday hujjatlarsiz 2 dona ov miltiği, 23 dona gilza, 34 dona kapsyullarni noqonuniy ravişda saqlanayotganligi aniqlangan.

Şuningdek, Qönğirot tumanida ötkazilgan tezkor tadbir natijasida, A.A.ning yaşaş xonadoni uning roziligi bilan xolis guvohlar iştirokida közdan keçirilganida kalibri 16 mm. 1 dona bir stvolli ov miltiği va 3 dona gilzalarni noqonuniy ravişda yaşirgan holda saqlab qöyganligi aniqlandi.

Kegeyli tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro A.T.ning xonadoni ham amaldagi tartiblarga muvofiq közdan keçirilganda, bu yerda 1 dona ikki stvolli ov miltiği heç qanday hujjatlarsiz saqlayotganligi foş böldi.

Qaraqalpaqstan temir yöl stansiyasida 324-sonli Volgograd Toşkent yölovçi poyezdi bojxona körigidan ötkazilganida respublika fuqarosi B.P. yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan 9 kg. ov miltiğining droblarini noqonuniy ravişda Rossiya Federatsiyasidan Özbekiston Respublikasiga olib kelayotganligi aniqlandi.

Mazkur aniqlangan holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan sud tomonidan tegişli jazo çoralari qöllanildi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi bojxona boşqarmasi tomonidan boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan çora-tadbirlar natijasida qurol-yaroğ va öq-dorilarni bojxona çegaralari orqali noqonuniy ravişda olib ötiş, bu kabi sovuq qurollarni tegişli ruxsatnomalarsiz öz xonadonlarida saqlaş bilan boğliq bir neçta qonunbuzarlik holatlari foş qilindi.