GitHub veb-servisi dasturçilari resurslariga kuçli DdoS-hujum bölganini ma'lum qilişdi. Bu haqda Wired naşri xabar bermoqda. Soniyasiga 1,35 terabitli bu hujum tarixdagi eng kuçli hujum sifatida baholangan. 

GitHub dasturiy ta'minot yaratuvçilarining birgalikda işlaşi va dasturlar versiyalarini boşqariş uçun möljallangan eng yirik veb-servis hisoblanadi. U 2008 yilda işga tuşirilgan.

Hujum oqibatida servis 10 daqiqaga işdan çiqqan va foydalanuvçilar şikoyatlariga sabab bölgan. Hujumni DdoS-hujumlar bilan kuraşuvçi Akamai Prolexic servisi evaziga 8 daqiqadan keyin bartaraf etişga muvaffaq bölingan. Uşbu servis vositaçi rolini öynagan. GitHub’dan barça kiruvçi va çiquvçi trafik Akamai Prolexic’ga yönaltirilgan va uning himoya markazlari orqali ötkazilgan. Buning natijasida zararli paketlar topilib, bloklangan.

Akamai’ning xavfsizlik böyiça vitse-prezidenti Joş Şaulning aytişiça, ular bungaça soniyasiga 1,35 terabitli hujumga duç kelmaganlar.

DDOS-hujum (ingl. Distributed Denial of Service — “xizmat körsatişdan boş tortiş”) — bu biror saytga hujum bölib, uning asosiy maqsadi saytga katta miqdorda yolğon sörovlar beriş orqali uni işdan çiqariş hisoblanadi. Hujum oqibatida saytga xizmat körsatuvçi server katta miqdorda yolğon sörovni qayta işlaşga majbur böladi va buning oqibatida oddiy foydalanuvçilar saytga kirolmay qoladilar.