Asymco tahliliy kompaniyasi ekspertlari ma'lum qilişdiki, Apple qurilmalaridan foydalaniş muddati 4 yilni taşkil qiladi. Bu haqda Business Insider xabar bermoqda.

Analitiklarning sözlariga köra, bugungi kunda iPhone va Mac qurilmalaridan köproq vaqt foydalanilmoqda, taqqoslaş uçun 2008 yilda bunday qurilmalar «umri» bir yarim yildan oşmas edi.

Bu hisob-kitoblar Apple tomonidan taqdim etilgan oçiq ma'lumotlarga asoslanadi. Korporatsiya ayni vaqtda 2,05 mlrd dona smartfonlar va kompyuterlar sotgan, 750 mln qurilmaning esa foydalaniş muddati ötgan

Fevral oyi oxirida Bloomberg Apple 2018 yil kuzida 3ta yangi iPhone taqdim etmoqçi ekani haqida xabar bergandi

smartfonlar yangilangan operatsion tizim, ehtimol Siri yordamçisining kengaytirilgan funksiyalariga ega iOS 12 bilan jihozlanişi mumkin.

Kompaniya şu tariqa ayfondan köp vazifalikni istovçi va iPhone X’ning arzonroq versiyasini qidiruvçi xaridorlar istagini qondirmoqçi.

D33 deb atalayotgan katta ekranli smartfon butun old panelni egallovçi 6,5 dyuymli ekran oladi. Ekran «ajralgan ekran» funksiyasi bilan ta'minlanişi ehtimoli bor. Bundan taşqari, iPhone X’dagi kabi, bu smartfonda Face ID texnologiyasi qöllanadi. Qurilma, şuningdek, 1242x2688 pikselli ekran, OLED texnologiyasi olişi mumkin. Cmartfonlarda yangi A12 protsessori qöllanadi. 

Katta ekranli smartfonni ikkita SIM-kartani qöllab-quvvatlovçi variantda işlab çiqariş imkoni körilmoqda, biroq bu borada yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. 

Hamyonbop smartfonda Edge-to-Edge ekrani böladi. Uni arzonlaştiriş uçun LCD-ekran, alyumin hoşiyalar va orqa panelida qora oyna örnatilişi taxmin qilinmoqda.