Xalqaro olimlar guruhi Antarktidaning kam örganilgan hududida Adeli pingvinlarining köp sonli koloniyasini kaşf qildi. Çeklangan hududda 1,5 millionga yaqin pingvin borligi aniqlandi. Scientific Reports ilmiy jurnalida yangi tadqiqot natijalari taqdim etildi.
Biologlar bu joyni materik böylab pingvinlar migratsiyasi yöllarini kuzatiş davomida aniqlaşdi. Populyatsiya Deynjyer orollariga joylaşdi. Olimlarga ularning "iziga tuşiş" uçun kosmosdan olingan suratlar yordam berdi.
Jami 750 mingdan ortiq pingvin uyi topildi. Unga qadar esa olimlar bu yerlarda pingvinlar soni beş baravarga kam ekaniga işonçlari komil edi.
Yangi hisob-kitoblarga köra, bu turdagi jami pingvinlarning 55 foizi Deynjyer orollarida yaşaydi.
Tadqiqot mualliflari iqlim özgarişlari qayd etilgan taqdirda bu hududni muhofaza qiliş muhimligini ta'kidlaşmoqda.













