Ijtimoiy tarmoqlarda köpçilik bemorlar tomonidan qabul qilinuvçi «Kalimin» tabletkasi tanqisligiga doir xabarlar tarqalmoqda. KUN.UZ tahririyati ba'zi dorixonalar bilan boğlanganida aksariyat dorixonalarda bu dorining umuman yöqligi, borlarida esa ikki baravar qimmatga sotilayotgani yoki buyurtma asosida bir hafta davomida keltirib berilişi aytildi.
«Kalimin» tabletkasi qanday holatlarda qöllaniladi?
— miasteniya;
— miastenik sindrom;
— oşqozon-içak trakti muşaklari atoniyasi;
— peşob pufagi atoniyasi.
Miasteniya — muşaklarning patalogik darajada tez çarçaşi bilan xarakterlanuvçi autoimmun kasallik.
Sanoqli dorixonalarda «Kalimin» dori vositasining ham Hindistondan, ham Germaniyadan keltirilgan varianti borligi aytildi. Dorixona xodimlarining ma'lum qilişiça, Hindistondan keltirilgan «Kalimin» tabletkasi narxi (qadoqda 50 dona) - 200 ming söm, Germaniyadan keltirilgani (qadoqda 100 dona) esa - 400 ming söm.
Soğliqni saqlaş vazirligining "Dori-darmon vositalari reyestri"da «Kalimin» tabletkasiga berilgan qidiruvga heç qaysi dorixonada yöqligiga doir javob berildi. Ba'zi dorixona tizimlarining telegram-botlariga sörov berilganida ham mazkur preparat heç qaysi dorixonadan topilmaganiga doir javob keldi. Yana kimlardir qimmatlaşib ketgan bu dori preparatini qayerda arzonroq narxda topiş mumkinligi haqida ma'lumot berişdi.
Miasteniya — jiddiy kasallik. Dori narxi esa keskin oşib ketgan. Umuman olganda, birgina bu dori vositasi emas, aholi salomatligi uçun hayotiy zarur ahamiyatga ega bölgan qator preparatlar nima uçundir Özbekistonning davlat dorixonalarida umuman yöq, borlarida esa ikki-uç baravar qimmat. Muhtojlar esa talaygina....
Özbekistonning barça jabhalarida katta islohotlar kuzatilayotgan bir vaqtda Soğliqni saqlaş tizimida faoliyat yurituvçilardan nafaqat «Kalimin», balki aholi salomatligi uçun zarur bölgan boşqa dori-darmonlar bilan boğliq bunday muammolarni hal qilişga çaqirib qolamiz, zero öz vaqtida qabul qilinmagan dori kimlarningdir hayotiga xavf solişi mumkin va aksinça, vaqtida hamyonbop narxlarda yetkazib berilgan preparatlar köplab insonlar hayotini saqlab qolişi mumkin.

















