35 yoşli Matias Messi avtomobil haydovçisi bilan janjallaşib qolgani uçun mahalliy politsiya tomonidan hibsga olindi. Jabrlanuvçining işontirişiça, «Barselona» yulduzining akasi unga qurol bilan tahdid qilgan.

24 yoşli haydovçi Javer Rivera Matias Messi bilan yuzaga kelgan janjaldan söng politsiyaga murojaat qilgan. Ikki erkak köçada avtomobillarining kiçik töqnaşuvi sababidan janjallaşib ketişgan. Matias esa yonidagi töpponça bilan Javerga sözini ötkazişga uringan.

«U nega meni yölimni kesib ötganini biliş uçun töxtagandim. Maşinadan tuşişim bilan, u menga tahdid qila boşladi. Futbolkamni yirtib yubordi. Keyin maşinasiga qaytdi va qurolini olib menga öqtaldi», degan Rivera.

Voqea joyidan Matias qoçişga ulgurgan, biroq köp ötmay avariya sodir bölgan Argentinadagi Vilya Xesel şahridan unça uzoq bölmagan hududda u politsiya tomonidan qölga olingan.

Daily Mail naşri bergan xabarda qayd etilişiça, harbiylar uning maşinasidan heç qanday öqotar qurol topa olişmagan. Ammo salondan narkotik modda topilgani aytilmoqda.

Eslatib ötamiz,Matias Messining bu birinçi marta hibsga olinişi emas. 2017 yilning dekabrida u qayiğida çiqqan noqonuniy qurolni saqlaganlikda ayblanib politsiya tomonidan uşlangandi. Öşanda uning advokatlari politsiyaning özi qurolni Matiasning qayiğiga taşlab qöyişganini aytib çiqiş qilgandi.