Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga taşrifi doirasida 2 mart, juma kuni Xatirçi tumanida viloyat faollari iştirokida yiğiliş bölib ötdi.
Prezident bu viloyatdagi yiğilişda ham Milliy xavfsizlik xizmati haqida gapirgan.
«Kun.uz» manbasining ma'lumot berişiça, prezident uşbu viloyatdagi xavfsizlik xizmatida ham tozalaş işlari ötkazilgani haqida gapirgan, viloyatdagi tizim xodimlarining aksar qismi halol xodimlar ekanini e'tirof etgan.
Endilikda tizim xodimlari uçun şaroitlar yaxşilanadi, xususan, ular xizmat uylarida emas, öz uylarida turadi, ularga kreditlar ajratiladi.
Şuningdek, prezident xizmatning iş prinsiplari tubdan özgarişi haqida gapirgan. Ma'lum qilinişiça, Navoiy viloyatida MXXga rasman beşinçi sektor biriktirilgan. Bu sektor vazifalari qatorida ekstremizmga qarşi kuraş bilan şuğullaniş vazifasi ham mavjud.












