AQŞ kinosan'atlari akademiyasi AQŞ vaqti bilan 4 yanvar keçki payt (Toşkent vaqti bilan 5 mart kuni erta tong) 2018 yilning «Oskar» mukofoti sovrindorlari nomini e'lon qiladi. Yubiley sondagi 90-taqdimot Los-Anjyelesdagi Dolby Theater’da bölib ötadi.
Taqdimot soat 20:00da (Toşkent vaqti bilan 5 mart soat 06:00da) boşlanadi. Uni olib boriş 2017 yilgi kabi komik Jimmi Kimmelga işonib topşirildi. Ötgan yilgi taqdimot katta mojaro bilan esda qolgandi: taqdimotda «Eng yaxşi film» uçun «Oskar»ni topşiriş vaqtida aktyor Uorren Bitti va aktrisa Fey Danaueyga ğolib film «Oy nuri» örniga boşqa film – «La-La Lend» nomi yozilgan konvert berib yuborilgan.
«Men öşandan keyin oddiy poçta konvertlarini ham oçişga qörqib qoldim», deb hazillaşgan Kimmel joriy taqdimot arafasida.
Kimmelga marosimni olib borişda öz vaqtida «Oskar»ni qölga kiritgan aktrisalar Sandra Bullok, Jyeyn Fonda, Nikol Kidman, Xelen Mirren va Hollivudning boşqa yulduzlari yordam berişadi.
«Eng yaxşi film» nomiga 9ta film da'vogarlik qilmoqda: «Suv şakli» (The Shape of Water), «Meni öz isming bilan ata» (Call Me by Your Name), «Qoronği vaqtlar» (Darkest Hour), «Dyunkerk» (Dunkirk), «Nari ket» (Get Out), «Byord xonim» (Lady Bird), «Körinmas rişta» (Phantom Thread), «Maxfiy hujjat» (The Post), «Ebbing çegarasidagi uçta bilbord» (Three Billboards Outside Ebbing, Missouri).
«Eng yaxşi aktyor» mukofotiga Gari Oldman, Timoti Şalame, Denzel Vaşington va bu yönalişda eng köp «Oskar»ni qölga kiritgan Deniel Dey-Lyuis da'vogarlik qilmoqda.
«Eng yaxşi aktrisa» yönalişidagi «Oskar»ga Salli Hokins, Frensis Makdormand, Meril Strip, Sirşa Ronan va Margo Robbi nomzodlar hisoblanadi.
«Eng yaxşi rejissyor» nomiga rejissyorlar Gilermo del Toro («Suv şakli»), Kristofer Nolan («Dyunkerk»), Jordan Pil («Nari ket»), Greta Gervig («Byord xonim») va Pol Tomas Anderson («Körinmas rişta») da'vogarlik qilmoqdalar.
AQŞ kinosan'atlari akademiyasi Metro-Goldwyn-Mayer kinokompaniyasi asosçisi Luis Mayyer tomonidan 1927 yilda ta'sis etilgan. Akademiyaning mukofotlari topşirilişi birinçi marosimi 1929 yilda Los-Anjyelesda Hollywood Roosevelt mehmonxonasida ötgan va bor-yöği 15 daqiqa davom etgan. Keyinroq «Oskar» kabi tanilgan taqdimot jahon kinomatografidagi eng nufuzli mukofotga aylangan.












