AQŞ prezidenti Donald Tramp boşqa davlatlar yaratuvçi savdo tösiqlarini AQŞ uçun “terrorçilardan battar” deb, pölat hamda alyuminiyga boj tölovlarini oşirişdan voz keçmasligini aytdi.
“Odamlar tuşunişlari kerak, davlatimiz savdoda dunyoning deyarli har bir davlati, dösti va duşmanlari tomonidan talangan. Xitoy, Rossiya va biz ajoyib deb hisoblaydigan Yevropa Ittifoqi tomonidan. Ular bilan işlab bölmaydi, ularning savdo tösiqlari terrorçilardan battarroq”, deb aytgan Tramp.
Uning fikriça, AQŞ oxirgi bir neça yil içida şu sababli har yili 800 mlrd dollardan yöqotgan.
“Bunday boşqa bölmaydi! Uyat, avvalgi prezidentlar bunga qanday qilib yöl qöyganlar?”, deb aytgan Tramp va fikriça boj tölovlarini kiritiş “savdo uruşi”ga sabab bölmasligini ta'kidlab ötgan.
Avvalroq Tramp AQŞ pölatga 25 foiz miqdorida va alyuminiyga 10 foiz miqdorida boj tölovlari joriy qilinişini aytgan. Uning ta'kidlaşiça, uşbu boj tölovlari uzoq vaqt davomida amal qiladi.












