Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oxirgi 10 yildagi inqirozlarni tartibga solishga xarajatlar 233 mlrd dollarni tashkil qildi – BMT
Foto: AP
Xalqaro hamjamiyat inqirozlar bilan qamrab olingan davlatlarda gumanitar va tinchlikparvar faoliyatni amalga oshirish va qochqinlarni qabul qilishga oxirgi 10 yil ichida 233 mlrd dollar sarfladi. Bunday ma'lumotlarni 5 mart kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish o‘zining “Tinchlik qurilishi va tinchlikni saqlash” ma'ruzasini taqdim qilish vaqtida keltirib o‘tdi.
Guterrish davlatlarni ixtiloflarga yangicha munosabat bildirish taktikasiga o‘tishga chaqirdi. Bu taktika inqirozli vaziyatlar oldini olish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rishni ko‘zda tutadi.
BMT bosh kotibi 2005 yilda BMTning tinchlik jamg‘armasi tashkil etilganini eslatib o‘tdi. Bu jamg‘arma inqiroz yoqasida turgan davlatlarni barqarorlashtirish bo‘yicha sa'y-harakatlarni moliyalashtiradi. Ayni vaqtda jamg‘armaning ustav kapitali 250 mln dollarni tashkil qiladi va Guterrish davlatlarni bu summani 2 barobarga oshirishga chaqirgan.
Uning aytishicha, davlatlarning tinchlik qurilishi dasturlarini yetarlicha moliyalashtirishni ta'minlay olmasliklari hayotlarni saqlab qolish, davlatlarni barqarorlashtirish, odamlarning azob-uqubatlarini yengillashtirish va aholining zaif qatlamlarini himoya qilish bo‘yicha harakatlarga putur yetkazadi.
“Inqirozlarga javob berish o‘rniga ularning oldini olishga ko‘proq sarmoya ajratishimiz lozim”, deb aytgan Guterrish. Bosh kotib BMT va Jahon bankining qo‘shma tadqiqotini natijalarini keltirib o‘tgan. Ularga ko‘ra, samarali ogohlantiruvchi choralar jahon hamjamiyatiga yiliga 70 mlrd dollar tejashga imkon beradi. “Tinchlik jamg‘armasi bu maqsadga erishishdagi juda muhim instrumentdir”, deb qo‘shimcha qilgan BMT bosh kotibi.
Mavzuga oid
22:32 / 28.12.2025
BMTning vazifasini AQSh bajarmoqda – Tramp
12:15 / 19.12.2025
BMT Bosh Assambleyasi Ukrainadagi RF harakatlari haqidagi rezolyutsiyani yangiladi
17:42 / 18.12.2025
O‘zbek migrantlari: ularning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni qay darajada katta?
21:14 / 15.12.2025