Özbekistonda pensiyaning qanday tizimlari mavjud?
Bugungi kunda Özbekistonda uç darajali pensiya tizimi mavjud. Birinçi daraja - davlat pensiyasi bölib, uni Pensiya jamğarmasi amalga oşiradi. Ikkinçi va uçinçi darajalar esa jamğarib boriladigan hamda xususiy yoki korporativ pensiya mexanizmlarini nazarda tutadi. Hozirda jamğarib boriladigan tizim Xalq banki orqali amalga oşirilmoqda.
Davlat pensiyasi va jamğarib boriladigan pensiya tizimini alohida köriş kerak. Ular bir-biridan mustaqil tizimlar hisoblanadi.
“Davlat pensiyasida fuqaroning pensiya huquqi iş beruvçi tomonidan tölanadigan ijtimoiy soliq hisobidan şakllanadi. Jamğarib boriladigan tizimda esa fuqaro öz mablaği hisobidan jamğaradi va şu orqali kelgusidagi pensiya huquqini şakllantiradi”– dedi Sardor Fayzullayev.
Jamğarib boriladigan pensiya hisobvarağiga kiritilgan mablağ fuqaroning mulki hisoblanadi. U kelgusida meros qilib qoldirilişi ham mumkin.
Kam daromadli fuqarolarga davlat qöşimça mablağ beradi
Yangi loyihada aholining kam daromadli qismini ixtiyoriy ravişda pensiya uçun jamğarişga rağbatlantiriş mexanizmi taklif qilinmoqda. Xorij amaliyotida bu mmatçing contribution deb ataladi - fuqaro jamğargan mablağining maʼlum qismi davlat tomonidan ham qöşib beriladi.
Masalan, fuqaro oyiga 1,5 mln söm iş haqi olsa va uning 5 foizini jamğarib boriladigan pensiya hisobvarağiga ötkazsa, bu 75 ming sömni taşkil qiladi. Taklif etilayotgan mexanizmga köra, davlat uşbu summaning 50 foizi - 37,5 ming sömni qöşib beradi.
Şunda fuqaroning hisobvarağiga bir oyda jami 112,5 ming söm tuşadi.
“Asosiy maqsad - kam daromadli fuqarolarni jamğarişga rağbatlantiriş” – dedi jamğarma masʼuli.
Jamğarma uzoq muddat davomida saqlansa, investitsiya daromadi va murakkab foiz mexanizmi hisobiga uning miqdori oşib borişi közda tutilmoqda.
Jamğarilgan pulni istalgan vaqtda yeçib oliş mumkinmi?
Jamğarib boriladigan pensiya mablaği fuqaroning mulki bölsa-da, uni istalgan vaqtda va istalgan maqsadda yeçib oliş imkoniyati berilişi rejalaştirilmagan.
Loyihada hozirça mablağni muddatidan oldin olişning ayrim holatlari nazarda tutilmoqda. Jumladan, fuqaro ipoteka krediti böyiça boşlanğiç badalni tölaş uçun yoki katta xarajat talab qiladigan oğir kasallik va operatsiya holatlarida jamğarmasidan foydalanişi mumkin.













