Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon: kurdlarning bir qismi IShIDga qarshi amaliyotda ishtirok etishni to‘xtatdi
Foto: Jason Reed/Reuters
Pentagon rasmiy vakili Adrian Renkin-Gelloueyning ma'lum qilishicha, Suriya demokratik kuchlari jangarilarining bir qismi AQSh boshchiligidagi koalitsiya olib borayotgan va IShIDga qarshi yo‘naltirilgan amaliyotda ishtirok etishni to‘xtatdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Bizga ma'lumki, Suriya demokratik kuchlari bo‘linmalarining bir qismi Firot vodiysi o‘rta hududlaridan ketdi hamda biz IShID bilan kurashdan bosh tortish nimalarga olib kelishi mumkin ekanini hamon ko‘rsatmoqdamiz», - deya aytib o‘tdi Renkin-Gellouey.
Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh koalitsiyasi Suriya demokratik kuchlari va mahalliy «harbiy hamda fuqarolik kengashlariga» qo‘llab-quvvatlov taqdim etishda davom etadi. Bu ozod etilgan tumanlarda ro‘y beradi hamda ular IShID bilan kurashga e'tiborni qaratayotgan paytda kuzatiladi.
Mavzuga oid
22:40 / 05.05.2026
AQSh prezidenti Eronga kurashni davom ettirishdan voz kechishni maslahat berdi
13:42 / 05.05.2026
AQSh va Eron Fors ko‘rfazida yangi hujumlar boshladi
09:26 / 05.05.2026
Vashingtondagi Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi, yarador bor
08:23 / 04.05.2026