Duşanba kuni Misr hukumati uç kunlik taşrif bilan kelgan Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmonni Suvayş kanaliga taklif qildi. ArabNews şu haqida xabar berdi.
Qohira markazidagi asosiy köçalarda valiahd şahzoda Salmon va Abdul Fattoh As-Sisiy plakatlarini köriş mumkin. Ular asosiy musulmon va nasroniy muassasalarga taşrif buyuriş va Opera teatrida spektakal tomoşa qiliş maqsadida şu köçalar böylab harakatlanişdi.
Şahzoda va As-Sisiy kemaga çiqişdan avval kanal ostidan ötgan yangi tunnellardan birini közdan keçirişdi.
Misr Saudiya Arabistonining sarmoyasidan umidvor, zero bu mamlakat investitsiyalari yordamida Qohirada xalqaro transport, logistika va işlab çiqariş markazlari yölga qöyiladi.

Manbaga köra, tomonlar Suriya va Yamandagi davomli uruşlarni, şuningdek Qatarga nisbatan yuzaga kelgan vaziyatni ham muhokama qilişadi.
Ta'kidlaş joizki, Misr - arab dunyosidagi eng aholi köp yaşovçi mamlakat. Saudiya Arabistoni esa arab olamidagi eng badavlat davlatlardan biri hisoblanadi.
Ikki mamlakat Qizil dengiz orqali töğon qurişni va ikki tomondan ham hududlarni rivojlantirişni rejalaştirmoqda.












