Singapurning 61 foiz moliyaviy taşkilotlari mijozlarning mablağlarini himoyalaşning biometrik tizimiga ötdi. Bu haqda Forrester tahlilçilari ötkazgan tadqiqotda aytilgan.
Aniqlanişiça, Singapur omonatlarning biometrik himoyasini kiritayotgan yoki kiritib bölgan davlatlar orasida 1-örinda turadi. 2-örinni Xitoy (57 foiz moliyaviy taşkilotlar), 3-örinni Avstraliya (50), keyingi örinlarni Buyuk Britaniya (40 foiz) va AQŞ (37 foiz) egallamoqda. Singapurning 56 foiz banki şaxsni barmoq izi böyiça tasdiqlaşdan taşqari, ovoz tahlilidan foydalanadi. Buyuk Britaniyada ovoz tizimini esa 33 foiz banklar qöllaydi.
Bank mijozlari ovoz yordamida öz hisob raqamlari haqida ma'lumot olişlari va pul ötkazmalarini amalga oşirişlari mumkin. Misol uçun, Singapurning OCBC Bank banki mijozlariga omonatlar bilan amaliyotlarni iPhone’lari orqali Siri yordamida amalga oşirişga ruxsat bergan. Tahlilçilarning fikriça, Singapur yetakçilik qilayotganiga qaramay, Xitoyda biometrik himoyani tatbiq qiliş uçun eng istiqbolli texnologik muhit kuzatilmoqda.












