Özbekiston Respublikasining amaldagi soliq qonunçiligida jismoniy şaxslarning daromadlaridan progressiv stavkalarda soliq undirilişi közda tutilgan. Bir vaqtning özida bir neçta manbalardan daromad olayotgan jismoniy şaxslarning daromadlarini tölov manbalarida töliq soliqqa tortiş soliq organlari tomonidan yakuniy hisob-kitob taqdim etilgan jami yillik daromad töğrisidagi deklaratsiya asosida amalga oşiriladi.
Fuqarolar jami yillik daromadlari töğrisida deklaratsiyani topşiriş orqali, davlat va jamiyat oldidagi konstitutsiyaviy burçlarini bajariş barobarida jami daromadlari, tölagan soliqlari miqdori va özlarining jamğarib boriladigan pensiya badali böyiça şaxsiy hisobvaraqlaridagi mablağlar töğrisida ma'lumotga ega bölişadi.
Şuningdek, deklaratsiya taqdim etiş natijasida ularga soliqning ortiqça tölangan qismini boşqa soliqlardan bölgan qarzi uçun ötkaziş yoki boşqa soliqlardan qarzi bölmagan taqdirda qaytarib oliş imkoni yaratiladi.
Bundan taşqari, asosiy bölmagan iş joylaridan daromad olgan jismoniy şaxslar deklaratsiya taqdim etiş jarayonida amaldagi soliq qonunçiligida közda tutilgan imtiyozlardan foydalaniş imkoniyatiga ega böladilar.
Masalan: I va II guruh nogironligi bölgan şaxslar öz mulkida bölgan mol-mulkni ijaraga berişdan olingan daromadlari böyiça tölangan soliqlarni jami yillik deklaratsiyani taqdim etiş orqali qaytarib olişlari mumkin. Çunki, ular Soliq kodeksining 180-moddasi ikkinçi qismiga asosan daromad olingan har bir oy uçun eng kam iş haqining tört baravari miqdoridagi daromadlar böyiça jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini tölaşdan ozod qilingan.
Şularni e'tiborga olgan holda, daromadlar töğrisidagi deklaratsiyaning kimlar tomonidan topşirilişi, taqdim etiş tartibi va muddatlari yuzasidan yana bir bor tuşuntiriş berib ötamiz.
Deklaratsiyani kim topşiradi?
Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 189-moddasiga asosan 2017 yil davomida:
- mulkiy daromad olgan (agar bu daromadlarga tölov manbaida soliq solinmagan bölsa)*;
- fan, adabiyot va san'at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uçun mualliflik haqi tariqasida daromad olgan;
- asosiy bölmagan iş joyidan moddiy naf tarzidagi daromad olgan;
- ikki yoki undan köp manbadan soliq solinadigan daromad olgan;
- Özbekiston Respublikasi hududidan taşqaridagi manbalardan daromad olgan;
- soliq agentlari bölmagan manbalardan daromadlar olgan Özbekiston Respublikasi rezidentlari 2018 yilning 1 apreliga qadar jami yillik daromadlari töğrisida deklaratsiya topşirişlari lozim.
Belgilangan tartibga köra, Özbekiston Respublikasi rezidenti bölgan çet ellik jismoniy şaxs ham ötgan soliq davri uçun daromadlar töğrisida joriy yilning 1 apreligaça deklaratsiya taqdim etadi.
*Ma'lumot uçun: Soliq kodeksining 22-moddasiga asosan soliq tölovçiga tölovlarni amalga oşiruvçi yuridik şaxs tölov manbai hisoblanadi.
Kim rezident hisoblanadi?
Soliq kodeksining 19-moddasiga muvofiq, Özbekiston Respublikasida doimiy yaşab turgan yoki joriy soliq davrida yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi ön ikki oylik davr içida jami bir yuz sakson uç kun va undan ortiq muddat Özbekiston Respublikasida turgan jismoniy şaxs Özbekiston Respublikasining rezidenti deb e'tirof etiladi.
Misol: Çet ellik fuqaro kontrakt asosida işlaş uçun 2017 yilning 1 sentabrida Özbekistonga keldi. 2018 yil yanvar oyida Özbekiston Respublikasi taşqarisiga 20 kunga çiqib ketib, qaytib keldi.
Çet ellik fuqaro Özbekiston hududida jami 194 kun (2018 yil yanvar oyida 20 kunni çegirib, 2017 yilning 1 sentabridan 2018 yilning 1 apreligaça hisoblaganda) turdi. Binobarin, u soliq soliş maqsadida Özbekiston Respublikasining rezidenti hisoblanadi. Şu sababli bunday toifadagi fuqarolar ham 2017 yilda olingan daromadlari böyiça 2018 yilning 1 aprelidan keçiktirmasdan deklaratsiya taqdim etişi lozim.
Deklaratsiya qaysi muddatlarda taqdim etiladi?
Jismoniy şaxsning jami yillik daromadi töğrisidagi deklaratsiya yuqorida ta'kidlanganidek, tegişli daromad olingan yildan keyingi yilning 1 aprelidan keçiktirmay taqdim etiladi. Agar 1 aprel dam oliş yoki işlanmaydigan bayram kuniga töğri kelsa, deklaratsiya undan keyingi birinçi iş kunidan keçiktirmay (Soliq kodeksining 36-moddasi) taqdim etilişi şart.
Çet ellik jismoniy şaxs – Özbekiston Respublikasining rezidenti soliq solinişi lozim bölgan daromad keltirayotgan faoliyatini kalendar yili içida tugatgan va Özbekiston Respublikasi hududidan taşqariga çiqib ketayotgan bölsa, uning Özbekiston Respublikasi hududida turgan vaqtda joriy soliq davrida haqiqatda olgan daromadlari töğrisidagi deklaratsiya mazkur jismoniy şaxs Özbekiston Respublikasi hududidan taşqariga çiqib ketişidan bir oy avval taqdim etilişi lozim.
Agar çet ellik jismoniy şaxs – Özbekiston Respublikasining rezidenti joriy yilning 1 fevraliga qadar doimiy yaşaş uçun xorijga çiqib ketayotgan bölsa, joriy yil uçun daromadlar böyiça deklaratsiya taqdim etilmaydi.
Deklaratsiyaga qanday hujjatlar ilova qilinadi?
Jismoniy şaxslarning jami yillik daromadlari töğrisidagi deklaratsiya şakli Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qömitasi tomonidan tasdiqlangan "Soliq hisobotining şakllarini tasdiqlaş töğrisida"gi qarorning (röyxat raqami 2439, 2013 yil 22 mart) 2-ilovasida keltirilgan.
Jismoniy şaxsning jami yillik daromadi töğrisidagi deklaratsiyaga belgilangan şakldagi tölangan daromadlar va uşlab qolingan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği summalari haqidagi ma'lumotnoma ilova qilinadi.
Jismoniy şaxs ikki va undan ortiq daromad manbaiga ega bölsa, barça manbalardan ma'lumotnoma taqdim etişi zarur.
Fan, adabiyot va san'at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uçun mualliflik haqi tariqasida daromadlar olgan şaxslar ularni yaratiş va ulardan foydalaniş uçun zarur materiallar oliş, bino va mol-mulk ijarasiga doir xarajatlarni (olingan jami daromad summasining 30 foizidan köp bölmagan miqdorda) çegirişga haqlilar. Uşbu xarajatlar hujjatlar (nazorat-kassa maşinasi yoki terminal çeklari, kvitansiyalar, şartnomalar, hisobvaraq-fakturalar va hokazo) bilan tasdiqlangan bölişi kerak.
Grant körinişida daromadlar olgan jismoniy şaxslar deklaratsiyani topşirayotganda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirişni muvofiqlaştiriş qömitasining tegişli xulosasini ham taqdim etişlari kerak.
Mol-mulkni (avtotransport, bino va inşootlar, turar va noturar joylar) ijaraga beruvçi jismoniy şaxslar ijara şartnomalari nusxalarini deklaratsiyaga ilova qilişlari şart.
Mamlakatdan taşqaridagi manbalardan olingan daromadlardan soliqni hisobga oliş huquqiga ega bölgan şaxslar uşbu daromadlardan tölangan soliq summalari haqida çet davlat vakolatli organi tasdiqlagan ma'lumotnomani taqdim etadilar.
Soliq kodeksining 180-moddasi ikkinçi qismiga muvofiq, eng kam iş haqining tört baravarini çegiriş tarzidagi imtiyozga ega bölgan şaxslar imtiyozga bölgan huquqni tasdiqlovçi hujjatni taqdim etişlari va deklaratsiyada körsatişlari lozim.
Deklaratsiyani qanday usullarda taqdim etiş mumkin?
Deklaratsiya bevosita jismoniy şaxsning doimiy yaşaş joyidagi davlat soliq xizmati organiga, poçta orqali buyurtma xat şaklida, şuningdek, elektron şakldagi axborot tarzida va Internet tarmoği orqali taqdim etilişi mumkin.
Deklaratsiya soliq organiga şaxsan taqdim etilganda davlat soliq organining tegişli bölimiga topşiriladi.
Poçta orqali yuborilayotgan deklaratsiya konvertga solinadi va soliq tölovçining yaşaş joyidagi davlat soliq xizmati organi manziliga jönatiladi.
Elektron hujjat tarzida tayyorlangan deklaratsiyani soliq tölovçi bevosita yoki axborot vositaçisi (elektron hujjatlar aylanmasi bilan boğliq xizmatlarni körsatuvçi yuridik şaxs) orqali jönatişi mumkin. U elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi, bunda belgilangan şakl töliq töldirilgan bölişi kerak.
Şuningdek, deklaratsiyani Davlat soliq qömitasining my.soliq.uz – "Elektron soliq xizmatlari" portalidagi "Soliq deklaratsiyalarini yuboriş" interaktiv xizmati orqali ham jönatiş mumkin.
Soliq tölaş muddatlari
Soliq tölangan sana quyidagilardir:
- bankdagi hisobvaraqdan tölangan taqdirda – bankdagi hisobvaraqlardan mablağlar hisobdan çiqarilgan kun;
- naqd pul mablağlari kiritilgan taqdirda – bank kassasiga mablağlar tölangan sana.
Jismoniy şaxslar – Özbekiston Respublikasining rezidentlari hisoblab çiqarilgan daromad soliğini xorijiy davlatda joylaşgan bank hisobvarağidan çet el valyutasida tölaşi mumkin. Bunda jismoniy şaxslardan olinadigan, milliy valyutada ifodalangan soliq jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği tölangan sanada Markaziy bank tomonidan belgilangan kurs böyiça çet el valyutasida qayta hisoblab çiqiladi.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab çiqariladigan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini tölaş tölov xabarnomasida körsatilgan muddatlarda amalga oşirilişi kerak.
Eslatib ötamiz, soliqni tölaş muddatlarini buziş tölovning belgilangan muddatidan keyingi kundan e'tiboran muddati ötkazib yuborilgan har bir kun uçun (tölov kuni ham şunga kiradi) 0,033 foiz miqdorida penya hisoblaşga sabab böladi.
Şuningdek, daromadlar töğrisida deklaratsiyani öz vaqtida taqdim etmaslik Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 174-moddasi uçinçi qismi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilib, eng kam iş haqining bir baravaridan uç baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Şularni e'tiborga olgan holda, daromadlaringiz töğrisidagi deklaratsiyani oxirgi muddat – 1 aprelni kutmasdan yaşaş joyingizdagi davlat soliq inspeksiyasiga öz vaqtida taqdim etişingizni maslahat beramiz.












