Janubiy Koreya ham Yozgi, ham Qişki Olimpiadani qabul qilgan sanoqli mamlakatlardan biri böldi. 2018 yilgi Qişki öyinlar 1,5 million aholiga ega Kanvondo provinsiyasida bölib ötdi, biroq Olimpiyada poytaxti bölgan Pxyonçxanda 40 mingdan ziyod kişi istiqomat qiladi. Bu 1994 yilgi Öyinlar ötgan Lillexammer (Norvegiya)dan keyingi Olimpiadani qabul qilgan eng kiçik şahar. Şunday bölişiga qaramay, katta moliyaviy resurslarni va sifatli moddiy bazani talab qiluvçi sport tadbirini şu yerda ötkazişga qaror qilindi.

Foto: Sergeya Bobyleva / TASS

Bu qaror qabul qilinganiga ança böldi — Pxyonçxan uçinçi urinişdagina Olimpiada ötkaziş huquqini qölga kiritdi. Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) 2010 yilgi Öyinlarni Vankuverga, 2014 yilgisini esa Soçiga yöllagan. Forbes nima uçun Koreya Olimpiada ötkazişda qat'iy turib olgani, unga qanday tayyorgarlik körgani va Öyinlardan keyin arenani nima qilişiga doir izohlar bilan bölişdi.

Tinçlik taşabbusi

Yirik xalqaro sport forumlarini ötkaziş nafaqat qabul qiluvçi tomonning iqtisodiy rivojlanişiga, balki uning milliy imidji oşişiga ham xizmat qiladi. Janubiy Koreya bunga işonç hosil qilişga ulgurgan: 1998 yilgi Yozgi Olimpiada va 2002 yilgi Futbol böyiça jahon çempionati davlatning iqtisodiy ösişiga ulkan hissa qöşgan va uning xalqaro mavqeini kötargan. Şu bois ötkazilgan sörovnomalar aholi orasida Öyinlarga nisbatan yuqori moyillik darajasini körsatgan.

2010 yilda Janubiy Koreya fuqarolarining 52,2 foizi Qişki Olimpiada ötkaziş ğoyasini ma'qullagan. Kanvondo provinsiyasi aholisining 55,6 foizi Öyinlar mintaqaga sezilarli ta'sir körsatişini tasdiqlagan, lekin 63,8 foizi 2018 yilgi Öyinlardan keyin obektlardan foydalaniş muammosidan xavotirga tuşgan. Şunday bölsa-da, 2011 yilda Pxyonçxanda Olimpiada ötkazişga doir qaror qabul qilinganida deyarli barça koreyaliklar, ya'ni aholining 92,4 foizi uni qöllab-quvvatlagan. Bu juda muhim, çunki bunday megahodisaga tayyorgarlik eng avvalo mahalliy aholi munosabatiga boğliq.

Foto: Reuters

Janubiy Koreya aholisining Olimpiadaga ijobiy munosabati asosan mintaqadagi murakkab siyosiy vaziyat bilan ham izohlanadi. Öyinlar avval boşdanoq Janubiy va Şimoliy Koreya örtasidagi tinçlik muloqotini qayta tiklaş uçun yangi imkon sifatida qabul qilingandi. XOQ Olimpiadada şimoliy koreyaliklar iştirok etişini har tomonlama qöllab-quvvatladi - röyxatdan ötiş muddatini uzaytirdi va atletlarga qöşimça kvotalar ajratdi. Oxir-oqibat hatto ikki Koreya ayollar xokkey turnirining oçiliş va yopiliş marosimlarida birlaşgan jamoa sifatida qatnaşdi.