Bugun, 7 mart oqşomida Yevropa Çempionlar ligasi nimçorak finali javob uçraşuvlari doirasida yana ikki uçraşuv ötkaziladi. Londonda «Tottenhem» «Yuventus»ni, Mançesterda «Mançester Siti» «Bazel»ni qabul qiladi. Muxlislarning asosiy e'tibori Londondagi qarama-qarşilikka qaratiladi.

«Tottenhem» – «Yuventus»: çarçoqsiz va ta'tilsiz

TOTTeNHEM – YuVeNTUS
7 mart. London. «Uembli» stadioni. 00.45 (Matç TV – 00.35).
Yöqotişlar: Alderveyreld (jarohat), Bernardeski, De Şilo, Ore (diskvalifikatsiya.) – Mandjukiç, Kuadrado (jarohat), Iguain (söroq ostida)
Hakam: Marçinyak (Polşa).
Birinçi öyin – 2:2.

Bu juftlikda favoritni aniq aytiş qiyin, 2015 va 2017 yilda finalgaça borgan turinliklar ustunroqdek körinsada, birinçi uçraşuv fikrlarni özgartirib yuborgandi.

Turindagi birinçi uçraşuvdan keyin «Yuventus» mutaxassislar tomonidan ham, muxlislar tomonidan ham tanqidga uçradi. Bu tanqidlar adolatli edi, jamoa futbolçilarini agressivlikni yöqotgani uçun tanqid qilişdi, Buffonni jarima zarbasidan ötkazilgan gol uçun, Iguainni ikki gol ursada, penaltini isrof qilgani uçun sökişdi. Jamoa öyin startidayoq 2ta gol urgan, undan keyin ham hujum uyuştirişda davom ettirgandi, ammo tanaffusdan söng birdan hammasi özgarib ketdi, turinliklar raqib jarima maydonçasi tomon yaqinlaşmay qöyişdi va ğalabani boy berişdi.

Endi barça ötgan mavsum finalçisi qarşisida qiyin vazifa turganini töğri tuşunib turibdi. Jamoa gol urişi zarur, gol ötkazmaslik undanda zarur. Lekin Keyn boşçiligidagi hujum çiziğiga qarşi öynab, darvozani daxlsiz saqlab böladimi? «Tottenhem»ni 0:0 yoki 1:1 hisobi ham qoniqtiradi, ammo «şporlar» öyinda taşabbusni raqibga topşirib, himoyada ötiradigan jamoa emas. 

Ikki klubning ham içki çempionatdagi işlari bir tekisda keçmoqda. Turinliklar skudetto uçun «Napoli» bilan tengma-teng kuraşmoqda, oxirgi turda «Latsio»ni safarda mağlub etib, jamoa çempionlik sari muhim qadamni taşladi. 

Maurisio Poçettino şogirdlari oxirgi turda «Haddersfild»ni osonlik bilan yengib (Son Xin Minning ikki goli evaziga, unga Dele Alli va Harri Keyn assistentlik qilişdi) kuçli törtlikdagi örinni mustahkamladi. Töpni nazorat qilişda londonliklar 73 foizlik ustunlikka ega bölişdi.