Çad, Kongo va Malayziya Neft eksport qiluvçi davlatlar taşkilotiga (OPeK) kiriş uçun ariza yöllaşdi. Bu haqda Ekvotarial Gvineyaning toğ-kon sanoati va uglevodorodlar vaziri Gabriel Mbega Obiangu Lima ma'lum qildi. 

“Afrikada Kongo, Çad kabi katta salohiyatga ega davlatlar bor. Ular hozirda işlab çiqariş bilan şuğullanmaydi, ular rivojlanmoqda, biroq pirovard natijada kuniga 3-4 ming barrel neft oliş darajasiga yetişlari mumkin”, deb aytgan Lima Xyustondagi CERAWeek anjumanida. U OPeKning yangi a'zolari xalqaro hamjamiyatga “OPeKning yangi qiyofasini köriş”ga yordam berişlarini qöşimça qildi.

“Osiyo davlatlari, jumladan Indoneziya kuzatuvçi böliş uçun dastlab OPeKdan çiqib ketişdi, hozir esa yana qaytişni istaşyapti. Biroq Malayziya kabi boşqa davlatlar ham bor. Çad, Kongo va Malayziya arizalar yöllaşdi va biz ularni körib çiqmoqdamiz”, deb ta'kidlab ötgan vazir.