Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning apparati rahbari Farid Niyozov egallab turgan lavozimini öz xohişiga köra tark etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Qirğiziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov Farid Abilezimoviç Niyozovni taqdim etilgan arizasiga muvofiq, prezident apparati rahbari lavozimidan ozod etiş töğrisidagi farmonni imzoladi», - deyiladi xabar matnida.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğizistonda militsiyani politsiyaga özgartiriş taklif qilinayotgani xabar berilgandi. Bu haqda Qirğiziston boş vaziri Sapar Isoqov “Umumiy xavfsizlik va jinoyatçilikning oldini oliş siyosati” milliy anjumanida ma'lum qildi. Uning aytişiça, militsiya va politsiya örtasida farq katta.