Misr parlamenti teraktlar amalga oşiriş uçun portlovçi qurilma saqlaş, tayyorlaş va ötkaziş uçun ölim jazosi berilişini közda tutuvçi qonun loyihasiga ovoz berdi.
“Al-Ahram” naşri ma'lumotlariga köra, hukumat jinoyat kodeksiga kiritilgan, portlovçi qurilma va moddalar noqonuniy aylanmasi, ularni saqlaş va tayyorlaş uçun jazoni qat'iylaştiruvçi tuzatmalarni köpçilik deputatlar qöllab-quvvatlagan. Agar prokuratura portlovçi qurilma teraktda qöllaş uçun tayyorlangani va saqlanganini isbotlay olmasa, ayblanuvçiga umrbod qamoq jazosi berilişi mumkin.
Misr 3 yildan beri Sinay yarimoroli şimolida aksilterrorçilik amaliyotini olib boradi. Bu yerda yetib boriş mumkin bölgan hududlarda ekstremistik guruhlar qönim topgan. Oxirgi vaqtda hududda terrorçilar harakati tufayli yuzlab politsiyaçilar halok bölgan va jarohatlangan.












