Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubi yölladi. Maktub matni Özbekiston TIV rasmiy saytida keltirilgan.

«Baykalorti ölkasida yölovçi avtobusi iştirokida yuz bergan yöl-transport hodisasi oqibatida köplab insonlarning halok bölgani va jarohat olgani haqidagi xabarni çuqur qayğu bilan qabul qildim», – deyiladi maktubda.

Davlat rahbari qurbon bölganlarning oila a'zolari va yaqinlariga samimiy ta'ziya va dalda sözlarini yetkazib qöyişni söradi hamda jarohat olganlarga tez fursatlarda soğayib ketişlarini tilagan.

11 iyun oqşomida Rossiyaning Irkutsk — Çita trassasida ibodatdan qaytayotgan ziyoratçilar tuşgan avtobus ağdarilib ketişi oqibatida 14 kişi halok böldi va 25 kişi jabrlandi.