«Özbekekspertiza» AJ Kuzatuv kengaşi umumiy yiğilişining qarori bilan Uluğbek Abduğaniyev boş direktor vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi. Bu haqda Taşqi savdo vazirligi axborot xizmati xabar bergan.
Uluğbek Abduğaniyev ilgari Özbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit taşkilotlari inspeksiyasi departamentida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. U bu lavozimda Rahim Davronovni almaştirdi. R.Davronov aksiyadorlik jamiyatining işlab çiqariş va monopol bölmagan xizmat turlarini rivojlantiriş masalalari böyiça direktor lavozimiga tayinlandi.
«Özbekekspertiza» AJda ötkazilgan yiğiliş davomida kompaniyaning faoliyati tanqidiy tahlil qilindi va taşkilot rivojlanişining ustuvor yönalişlari belgilandi.
«Hozirgi kunga qadar, taşqi iqtisodiy faoliyat uçun TN-kodlar aniqlaşini ekspertizadan ötkaziş va ekspert xulosalarini taqdim etiş, Özbekiston Respublikasi mustaqilligiga qadar qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlar asosida amalga oşirilmoqda, – deydi taşqi savdo vaziri Jamşid Xodjayev. - Kompaniyaning sinov kompleksi «Özstandart» agentligi tomonidan akkreditatsiyalanganligiga qaramasdan, yengil va oziq-ovqat sanoati, qişloq xöjaligi kabi qator sohalarda laboratoriya tadqiqotlari natijalari xalqaro standartlarga javob bermaydi».
Vazir şuningdek, «Özbekekspertiza» AJ mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlardan çetda tura olmasligini va qisqa vaqt içida çet el va mahalliy tadbirkorlar uçun körsatiladigan xizmatlarning samaradorligini oşirişga, jamiyat faoliyatining barça sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilişiga qaratilgan özining kompleks islohotlarini amalga oşiriş va taqdim etilayotgan xizmatlar doirasini kengaytirişi zarurligini ta'kidladi.
Aktsiyadorlik jamiyatining asosiy vazifasi Özbekiston tadbirkorlariga yangi bozorlarga çiqiş va Respublikaning taşqi iqtisodiy faoliyatida iştirokini kengaytirişga kömaklaşişdir. Taşqi savdo vazirining sözlariga köra, kompaniyadagi hozirgi holat, mamlakatdagi taşqi savdo hajmini oşiriş, faol va muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini olib boriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga yönaltirilgan liberalizatsiya siyosatiga mos kelmaydi.
Aktsiyadorlik jamiyatining oldiga, laboratoriya uskunalarini bosqiçma-bosqiç modernizatsiyalaş va yangilaş, xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy laboratoriya sinovi usullarini joriy etiş topşirildi. Şuningdek, «Özbekekspertiza» AJga jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini bilan işlaş, kadrlar tayyorlaş va mehnat haqlarini tölaş siyosatini qayta körib çiqişi zarur. Boşqa asosiy vazifalar qatorida, davlat xizmatlari körsatişning elektron tizimi «Yagona darça»ga integratsiya qiliş va kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini va qulayligini oşirişga yönaltirilgan boşqa innovatsiyalarni işga tuşiriş.

















