Telegramʼda Toşkent viloyati SSB boşliği Uluğbek Abduğaniyev ekanligi aytilgan audio tarqaldi. Unda viloyatda ikki kunlik haşar e’lon qilingani, şu munosabat bilan haşarda barça tibbiyot xodimlari qatnaşişi şartligi aytiladi. SSB boşliği har bir tibbiyot muassasasi hududida xodimlar bilan haşar taşkil qilib, barglar va “musor”larni tozalaş böyiça topşiriq bergan.
Uluğbek Abduğaniyev Kun.uz bilan suhbatda audio haqiqiyligini tasdiqladi.
Toşkent viloyati hokimligi holatga izoh berdi. Hokimlik rasmiy munosabatida haşarga jalb qiliş majburiy mehnat emasligi ta’kidlanadi.
“Materialda viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasining boşliği Uluğbek Abduğaniyev xodimlarni haşarga jalb etiş orqali majburiy mehnatga yöl qöygani aytiladi.
Ta’kidlaymizki, boşqarma boşliği bu örinda tizim işçi-xodimlarini özlari mehnat qilayotgan muassasa obodonçiligi yölida haşarga çiqişga da’vat qilgan. Bu – majburiy mehnat emas. Uluğbek Abduğaniyev özi izoh berganidek, xodimlar içki jamoaviy işlarda qatnaşişi haqidagi me’yor jamoa şartnomasida körsatilgan.
Masalaning tarixi quyidagiça: joriy yil 18-oktyabr kuni Toşkent viloyati mahalla faollari, nuroniylar, xotin-qizlar va yoşlar vakillarining viloyat ahliga murojaati e’lon qilindi.
Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev şu asosda viloyatda umumxalq haşari ötkaziş töğrisida qaror qabul qildi va aholiga videomurojaat yölladi. Zoyir Mirzayev umumxalq haşarini ötkazişga oid video çiqişida ijtimoiy soha taşkilotlarining işçi-xodimlari özi mehnat qilayotgan bino yon-atroflarini obodonlaştiriş, köçat ekiş işlarida faol qatnaşişi lozimligini ta’kidlagan.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, bu holatda Toşkent viloyati SSB boşliği Uluğbek Abduğaniyev özbekona qadriyatlarga hurmat, ona tabiatga e’tibor nuqtai nazaridan xodimlarni haşarda faol qatnaşişga çaqirgan. Bu vaziyatni majburiy mehnat deb talqin qiliş örinsiz, deb hisoblaymiz”, deyiladi rasmiy munosabatda.

















