Soğliqni saqlaş vazirligining tegişli buyruği bilan Töraqul Sodiqoviç Arziqulov Toşkent viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Töraqul Arziqulov 1993 yilda 2-Toşkent davlat tibbiyot institutini, 1995 yilda klinik ordinatura, 1998 yilda Rossiya xirurgiya ilmiy markazining aspirantura bosqiçini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yurak işemik xastaligi xirurgiyasi bölimida ilmiy xodim sifatida boşlagan.

Turli yillarda Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi boş direktori örinbosari, Surxondaryo viloyati cog‘liqni saqlaş boşqarmasi boşliği, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Toşkent viloyat filiali direktori bölgan, 2018 yil iyunidan 2023 yil mayiga qadar Toşkent viloyati cog‘liqni saqlaş boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.

Tibbiyot fanlari doktori Töraqul Arziqulov tayinlovga qadar Soğliqni saqlaş vazirligi Tibbiy yordamni taşkillaştiriş departamentida mas’ul lavozimda faoliyat körsatib kelayotgan edi.

Toşkent viloyati SSBga 2023 yil mayidan buyon rahbarlik qilib kelgan Uluğbek Abduğaniyevning keyingi faoliyati haqida hozirça ma’lumot yöq.