Ijodiy jamoamiz Farğona vodiysiga safar davomida Andijon viloyatining Asaka tumani Arğin qişloğida istiqomat qilib kelayotgan Maş'al Xuşvaqtovning xonadonida mehmon böldi.

Maş'al aka mana 10 yildirki boğdorçilik ilmi bilan şuğullanib kelmoqda. U tarbiyalagan nihollar ayni paytda yurtimizning turli göşalarida qiyğos gullaşga tayyor bölib turibdi.

Foto: Kun.uz

Asli kasbi filolog-pedagog bölgan Maş'al akaning aytişiça, boğdorçilikka qiziqiş uning qonida bor. Köp yillar davomida maktabda yoşlarga ta'lim berib kelgan, Maş'al Xuşvaqt taxallusi ostida şe'rlari ham qator gazeta va jurnallarda e'lon qilingan ijodkor bugun bobo kasbi bilan ham astoydil şuğullanmoqda.

Maş'al aka tinim bilmaydi. Öz hovlisidagi bir parça yerdagi daraxtlar orasiga ham turli mevalar uruğini qadagan.

«Yaxşi niyat» fermer xöjaligi dalalarida nihol yetiştiriş bilan şuğullanayotgan Maş'al akaning aytişiça, tuman hokimligi hozirgi islohotlar davrida ilgari surilayotgan yangidan-yangi ğoyalarga labbay deb javob berib, qadimdan yurtimizda mavjud bölgan sarxil mevalar navlarini köpaytiriş, eksportbop mevalar yetiştiriş uçun nihollar yaratiş maqsadida Maş'al akaning öziga alohida yer ajratib, barça şaroitlarni hozirlab berişni va'da qilgan.

Foto: Kun.uz

Fermer xöjaligida turli-tuman mevali boğlar bilan bir qatorda, köçat yetiştirib sotiş yölga qöyilgan. Biz yetiştirilgan köçatlarni qazib oliş işlari olib borilayotgani ustidan çiqdik, hattoki ularni xarid qilişga kelgan xaridorlarni uçratdik.

Foto: Kun.uz

Maş'al aka ijtimoiy tarmoqlarda ham juda faol, «Feysbuk» ijtimoiy tarmoğida «Boğdorçilik ilmi» oçiq guruhini yuritmoqda. Ayni paytda guruhning 18 ming 300 dan ortiq a'zosi bor.