Italiya çempionlariga vaziyatni öz foydalariga burib yuboriş uçun 3 daqiqa kifoya qildi.

«Tottenhem» - «Yuventus»
Gollar: Son Xin Min, 39 (1:0). Iguain, 64 (1:1). Dibala, 67 (1:2).
«Tottenhem»: Lloris, Tripper, Sançes, Vertongen, Deyvis, Dembele, Dayyer (Lamela, 74), Eriksen, Alli (Lorente, 86), Keyn, Son Xin Min.
«Yuventus»: Buffon, Bartsali, Benatia (Lixtştayner, 61), Kellini, Sandru, Xedira, Pyaniç, Matyuidi (Asamoa, 60), Dibala, Iguain (Sturaro, 83), Duglas Kosta.
Ogohlantirişlar: Vertongen, 28. Matyuidi, 35. Pyaniç, 44. Benatia, 49. Kellini, 53. Alli, 56. Dembele, 88.
Hakam: Marçinyak (Polşa).
7 mart. London. Uembli stadioni.
Birinçi öyin - 2:2

Yengilmaslar

Uzoq vaqtdan buyon mağlub bölmay kelayotgan jamoalar töqnaşuvini kuzatiş hamişa qiziq. «Tottenhem» Çempionlar ligasi nimçorak finalining javob uçraşuviga qadar 17 uçraşuvdan iborat mağlubiyatsiz seriya qayd etdi, «Yuventus»da 20ta öyin. Çorşanba kuni öyin durang bilan tugaşi ham va jamoalarning ikkisi mağlubiyatsiz seriyani davom ettirişi ham mumkin edi. Ammo bu holda «Yuventus» turnirni tark etişga majbur bölişi mumkin edi. Turinliklar bunga rozi bölolmasdi.

Öyindan oldin Italiyadagi naşrlar şunday sarlavhali muqovalar bilan çiqiş qilişdi: «Gol ur, Yuve!», «Yuve rok öynaydi»: hamma «Uembli»da konsert kutdi. «Keksa sinora»ning Londonda passiv bölişga haqqi yöq edi.

«Men «Uembli»da öynaş imkoniyatidan xursand bölaman, axir bu katta futbol teatridir, men bu öyin Çempionlar ligasidagi oxirgi öyinim bölişi mumkinligi haqida umuman öylamayapman. Men tabiatan tuzalmas optimistman», degandi öyindan oldin «Yuventus» darvozaboni Janluiji Buffon.

«Tottenhem» sobiq ustozi «şporlar» öz maydonida öynayotgan bölsada, ustunlikka erişmasligini başorat qildi: «Turinda «Yuventus» «Tottenhem»ning töpga egalik qiliş ustunligini yöqqa çiqara olmadi. Ammo «Uembli» – jasorat körsatiş uçun qulay joy, çunki bu stadionda mezbonlik atmosferasi yöq. Muxlislar mehmon jamoa futbolçilariga bosim ötkaza olişmaydi». U haq bölib çiqdi.