XX asrning eng nufuzli me'morlaridan biri Balkrişna Doşi 2018 yilning Prittsker mukofoti sovrindori böldi. Bu haqida 7 mart kuni mukofot rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Hakamlar hay'ati Doşining heç qaçon zamonaviy tendensiyalarga kör-körona ergaşmasligini alohida qayd etib, arxitektor işining jiddiyligiga e'tibor qaratdi. U mazkur mukofotga sazovor bölgan birinçi hind me'mori böldi.
Doşi 1927 yilda dunyoga kelgan, uning sohadagi tajribasiga 70 yil böldi. U Vastu-Shilpa byurosini boşqaradi hamda me'morçilik modernizmi va funksionalizmi pioneri Le Korbyuze bilan qöşma loyihalar ustida işlagan.
"Mening işlarim — mening hayotim, falsafam va orzularimning davomi, me'morçilik nafasi durdonasini yaratişga bölgan urinişlarim, - deydi Doşi. - Bu mukofot uçun Le Korbyuzedan minnatdorman".
Doşining asosiy loyihalari — özi asos solgan va loyihalaştirgan Ahmadobod me'morçilik maktabi (1966) hamda Indoradagi 80 ming kişiga möljallangan hamyonbop turar-joy kompleksi.
Professor Balkrişna Doşiga mukofotni topşiriş rasmiy marosimi 2018 yilning 16 may kuni Kanadaning Toronto şahrida bölib ötadi.
Prittsker mukofoti — har yili me'morçilik sohasidagi yutuqlari uçun topşiriluvçi mukofot, Nobel va "Oskar" mukofotlarining öziga xos muqobili hisoblanadi. Mukofot 1979 yilda Jyey Prittsker tomonidan ta'sis etilgan. U Prittskerlar oilasi tomonidan boşqariluvçi Hyatt fondi tomonidan moliyalaştiriladi (Hyatt mehmonxonalar tarmoği ham şu oila vakillariga tegişli).
Mukofot sovrindori an'anaga köra 100 ming dollar miqdoridagi pul mukofoti va bronza medal bilan taqdirlanadi.










