Yaponiyaning Honda avtomobil markasi Yevropa bozoriga ixçam elektrokar çiqarişga tayyorlanmoqda. Ötgan yilgi Frankfurt avtosalonida kompaniya Urban EV kontseptual elektromobilini taqdim qilgandi. Endi bu prototip Jyenevaga olib kelindi. Bundan taşqari, Şveytsariyadagi motorşouda Honda’ning Yevropadagi bölinmasi rahbari Urban EV negizidagi elektrokar yaqin orada ommaviy işlab çiqarilişini aytdi.

Yevropada yangi maşinaga buyurtmalar oliş 2019 yilda boşlanadi. Maşina savdoga 2019 yilning ikkinçi yarmida çiqadi. Kompaniya vakilining ta'kidlaşiça, prototip köplab ijobiy fikrlar olgan, şu sababli uning dizayni seriyali versiyasida saqlanib qolişi ehtimoli katta. Biroq maşina orqaga oçiluvçi eşiklar va salondagi katta ekrandan “mahrum etiladi”.


Maşinaning savdoga çiqariladigan versiyasining kuç qurilmasi haqida tafsilotlar yöq. Biroq kompaniya Urban EV’ning texnik körsatkiçlari haqida ham heç qanday ma'lumot taqdim qilmagan.


Kompaniya Jyenevada yana bir yangi model – oxirgi avloddagi CR-V krossoverining Yevropaga möljallangan versiyasini taqdim qildi. Krossover 1,5 litrli, 190 ot kuçiga ega, benzinda işlovçi turbomotor bilan taklif qilinadi. Qöşimça haq uçun maşinaning 7 örindiqli versiyasini buyurtiriş mumkin. 2019 yilda Yevropada gibrid CR-V paydo böladi.













