Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakatda muddatdan avval parlament saylovlari ötişi mumkinligini, biroq öz mahkamasi bilan belgilangan muddat – 2019 yil noyabrigaça işlaşni istaşini aytgan.

Hukmron koalitsiya içida ziddiyat “Tora yahudiyligi” ultradiniy partiyasi talabi sababli yuz bergan. Partiya öz tarafdorlarining armiyaga çaqirtirilişlarini qonunan himoyalaşni talab qilmoqda, biroq bunga Netanyaxuning dunyoviy ittifoqdoşlari rozi bölişmayapti.

“Agar koalitsiyaning barça partiyalari rozi bölişsa, şunday qilamiz. Agar rozi bölişmasa, saylovlarga boramiz. Umid qilamanki, ular kelişib olişadi”, deb aytgan Netanyaxu.

Oxirgi haftalarda ötkazilgan sörovnomalar Netanyaxuning partiyasi “Likud” parlament saylovlarida ğolib bölişini körsatmoqda. Netanyaxuga qarşi jinoiy işlar qözğatilganiga qaramay, partiya nufuzi oşib bormoqda.