Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev 8-mart Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan sözlagan nutqida dunyoni ayollar boşqargan taqdirda vaziyat qanday bölişi borasida fikr bildirdi, deya xabar berdi NUR.KZ.

"Bugun yoş avlodning ta'lim va tarbiya tizimi sizning nozik yelkalaringizdadir. Aynan siz farzandlarimiz haqidagi asosiy ğamxörlikni öz zimmangizga olasiz, ularning dunyoqaraşini şakllantirasiz, ularda öziga va qilayotgan işlariga bölgan işonçni hosil qilasiz.

Bizning ayollarimiz şarqona donişmandlik, ğarbiy işbilarmonlikni özlarida mujassam qilişgan - bularning bari öz kuçiga bölgan işonçni oşiradi.

Barça davlatlarni ayollar boşqarsa, nima böladi? Dunyoda uruş bölmasligi aniq, hamma joyda tinçlik, lekin özaro bir-biri bilan gaplaşmaydigan mamlakatlar talaygina bölardi", - deya hazillaşdi prezident.

U ayollar oila a'zolari uçun qayğuriş, işdagi burçlaridan taşqari yana özlariga qarab yurişlari kerakligini va qanday qilib bularning bariga ulgurişlaridan hayratda ekanini qöşimça qildi.

Umuman olganda, Nursulton Nazarboyev ayollarni Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tabriklagan nutqida köp hazillaşdi - jumladan, ikki dugona va öğirlangan smartfon haqida latifa aytib berdi:

"Bir kuni ikki dugona uçraşişibdi. Ulardan biri boşqasiga arz qilibdi - yangi smartfonni sotib olişim bilanoq öğirlatib qöydim.

Dugonasi javob beribdi - men esa telefon kitobçamda "turmuş örtoğim" degan joyiga formadagi politsiya boşliğining surati, "aka" degan nom ostida esa - boks böyiça jahon çempionining suratini qöyib qöydim. Telefonimni bir neça marta öğirlaşgan, lekin har safar uzr sörab, yaxşi tilaklar bildirib qaytarib berişadi", - dermiş.

"Aslini olganda 8-mart - har bir haqiqiy erkak özining samimiy va nozik jihatlarini namoyon qilişi uçun ajoyib imkoniyatdir", - dedi Nazarboyev.