Virjiniya ştatida yaşovçi 17 yoşli talaba Koen Nolti öqişdan böş vaqtlarida restoranda ofitsiant bölib işlaydi. U pul töplab döstlarini Beer 88 nomli barda mehmon qildi.
Hammasi uning ziyofat uçun tölaganidan keyin sodir böldi. Koen tuşlik uçun 45 dollar töladi va 10 dollar çoy puli ham qoldirdi. Uning tölovning bir qismini 20 dollarlik pul va qolganini tangalar bilan tölagani ofitsiantlarga yoqmadi va ular mijozning ustidan kulişdi.
Barning feysbukdagi sahifasida ular çek va Koen tölagan pullar suratini joylaşdi.
«Biz bu suratni «Restoranda qanday pul tölamaslik kerak» deb nomlaymiz, bunday bema'nilik uçun eng yaxşi sözimiz şu böladi», deb yozişdi ular surat ostiga.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari esa Koenning tarafini olişdi. Köpçilik hatto bu barda tölovni faqat tanga bilan amalga oşirişga çaqirdi. Şundan söng ofitsiantlar suratni öçirib taşlaşdi va keçirim söraşdi.

«Menga sönggi tangam qolgan bölsa ham boşqalarni mehmon qiliş yoqadi. Meni tahqirlaşgani esa boşqalarni mehmon qiliş menga qançalik yoqişini yana bir bor körsatadi xolos», deb yozdi Koenning özi.
U foydalanuvçilardan boşqalarni mehmon qiliş unga tanga jönatişlarini söradi. U turli oşxonalarda tanga bilan tölov qilişni va ofitsiantlarning bunga munosabatini suratga olmoqçi.
Turli mamlakatlarda yaşovçi kişilar unga pul jönata boşlaşdi va yigitça bir qop tanga yiğişga ulgurdi.












