
Bugun mahalliy vaqt bilan soat 15:00da Pyongçangdagi Paralimpiya şaharçasida Özbekiston Respublikasining davlat bayroğini kötariş rasmiy marosimi bölib ötdi. Unda Özbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi, musobaqa taşkiliy qömitasi hamda delegatsiya a'zolari iştirok etişdi.
Tantanali marosimda Pyongçang Paralimpiya şaharçasi meri, Seul nogironlar sport assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Park Yon Sooga Özbekiston delegatsiyasi tomonidan esdalik sovğalarini topşirdi.

Eslatib ötamiz, XII Paralimpiya öyinlarining tantanali oçiliş marosimi ertaga, 9 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 (Toşkent vaqti bilan soat 16:00) da boşlanadi. Unda toğ çanğisi böyiça Özbekiston terma jamoasi a'zosi Yoqutxon Xolbekova delegatsiyamiz bayroqdori vazifasini bajaradi.











