Duşanbe şahridagi «Qasri Millat» qarorgohida Özbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi. Oliy martabali mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortdi, davlat madhiyalari yangradi.
Marosimdan söng Şavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon yakkama-yakka muzokara ötkazdi.
«Prezidentimiz taklif va samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirib, xalqlarimiz uşbu uçraşuvni uzoq kutganini qayd etdi.
Davlat rahbarlarining ötgan yili bölib ötgan uçraşuvlari siyosiy işonç darajasini oşirib, Özbekiston-Tojikiston hamkorligiga yangi sur'at bağişladi.
2017 yil yakunlariga köra özaro tovar ayirboşlaş hajmi 240 million dollarni taşkil etdi. Bu oxirgi 20 yildagi eng yuqori körsatkiçdir. Özaro tovar yetkazib beriş hajmi, xizmatlarni hisobga olmaganda, keyingi ikki yilda 10 marotabadan ortiq köpaydi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Ötgan yili mamlakatlar poytaxtlari örtasidagi aviataşuvlar, temir yöl qatnovi qayta tiklandi. Samarqand-Panjikent oraliğida A-377 xalqaro avtomobil yöli oçildi. Özbekiston-Tojikiston davlat çegarasida ötkaziş punktlari öz işini tikladi.
Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, suv-energetika, turizm, madaniy-gumanitar sohalarda va hududlararo hamkorlikni rivojlantiriş, fuqarolarning özaro qatnovi uçun qulayliklarni oşiriş masalalari muhokama etildi.
Ikki mamlakat hukumatlariga özaro savdo hajmini oşiriş va uning tarkibini diversifikatsiya qiliş masalalarini örganiş topşirildi. Foydalanilmayotgan zaxiralarni işga soliş böyiça takliflar örtaga taşlandi, turli qöşma işçi guruhlar taşkil etiş taşabbusi ilgari surildi.
Şuningdek, mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaş, bugungi tahdid va xatarlarga qarşi samarali kuraşiş masalalari körib çiqildi.












