Xitoy hukumati qisman öz moliyaviy bozorini oçiş hisobiga asta-sekinlik bilan yuanning xalqaro miqyosdagi nufuzini oşirişga harakat qilmoqda. Bu haqida Xitoy xalq banki rahbari Çjou Syaoçuan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
"Yuanning xalqaro miqyosdagi nufuzini oşiriş jarayonida hozirda uni savdo va sarmoyalarda qöllaş imkonini beruvçi yetarliça çora-tadbirlar qabul qilindi. Bundan taşqari, yuan SDR valyutalari savatiga kiritilgan. Asosiy çoralar körib bölingan", - dedi Çjou Syaoçuan.
Uning sözlariga köra, jahon bozori iştirokçilari hisoblaşişda yuanga ötişi uçun yetarliça vaqt kerak böladi. Biroq Xitoy yuanning qadrini oşiriş uçun zarur bölgan barça çoralarni köradi. "Biz heç kimni majburlay olmaymiz, qarorlar şaxsiy nuqtai nazardan kelib çiqib qabul qilinadi", - deya ta'kidladi Xalq banki rahbari.
Xalqaro valyuta fondi 2015 yilning noyabrida 2016 yilning 1 oktabridan yuanni SDR savatiga qöşişga doir qarorni qabul qilgandi. Unga qadar dollar, yevro, funt sterling va iyena uşbu savatdan örin olgan.












