Amerikaning Levi’s kiyimlar brendi Future-Led Execution jinsilar dizayni va ularni "eskirtiriş" texnologiyasini namoyiş qildi, bunda kimyoviy moddalar örniga lazerdan foydalaniladi. The Verge şu haqida xabar berdi. Kompaniya xodimlarining aytişiça, bu ularga kimyoviy moddalarni qöllamaslik imkonini beradi, şu bilan birga, işlab çiqarişning yakuniy bosqiçidagi işlar sonini törttadan uçtaga kamaytiradi.
Levi’s'da yangilik eskirgan effektli jinsi modellarini işlab çiqariş — nisbatan murakkabligi va köp vaqt olişi bilan izohlanmoqda. Sönggi öttiz yilda bunga materialga maxsus kimyoviy aralaşma bilan ta'sir ötkaziş orqali erişilayotgan edi. Biroq endi mazkur texnologiya sekin-asta eskirgan deb tan olinadi. Brend işlab çiqariş qoidalarini özgartirişni rejalaştirmoqda.

"Yangi jarayonda birinçi qadam — jinsini suratga oliş va ularni lazer hisoblay oladigan darajada illyustratsiya qiliş. Avvallari 8,10, 12 daqiqada amalga oşgan işni endi taxminan 90 soniyada bajariş mumkin, - deydi kompaniyada innovatsiyalar uçun mas'ul Bart Sayt. - Lazerlar infraqizil nurlar yordamida mato yuzasini yengil tirnaydi va kerakli şaklni hosil qiladi".
Texnik tomondan esa Levi’s jinsi kiydiriladigan maxsus maşinadan foydalanadi. Şundan söng lazer va infraqizil nurlar yordamida matoda yirtiqlar va doğlardan iborat şakl hosil qilinadi. Yangi texnologiya şuningdek atrof-muhitga zararli moddalar bilan ziyon yetkaziş xavfini kamaytiriş imkonini beradi.
Kompaniya vakilining sözlariga köra, ular öz oldilariga işlab çiqarişda qöllanilayotgan kimyoviy moddalar miqdorini keskin kamaytirişni maqsad qilib qöyişmoqda. Brend rejalariga muvofiq, 2020 yilga borib barça jinsi kiyimlar lazer yordamida işlab çiqariladi. Bu şuningdek işlab çiqariş jarayonlarni ham ikki baravarga tezlaştiradi.












