Londonda qator uçraşuv va muzokaralar ötkazayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Özbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etiş markazi, Toşkent islom universitetining Islomşunoslik ilmiy-tadqiqot markazi rahbarlaridan iborat delegatsiya Britaniya muzeyiga taşrif buyurdi. Özbekiston delegatsiyasini Britaniya muzeyi direktori Hartvig Fişer qabul qildi.
Britaniya muzeyi özida 8 milliondan ziyod aşyolarni töplagan bölib, har yili bu yerga 7 millionga yaqin kişi taşrif buyuradi.
Ahamiyatlisi, muzeyda mamlakatimiz tarixiga oid öta noyob eksponat – Mirzo Uluğbek suv içgan piyola saqlanadi. Uzunligi 15 sm bölgan piyola yuziga «Uluğbek Köragon» deb yozilgan. Piyola yaşil rangli nefrit toşdan öta mohirlik bilan sayqallangan holda işlangan. Uning bandi ajdar şaklida bölib, oğzi piyola uçini tişlagan, oyoqlari yerga tegib turadi. Piyolaning oğiz tegar yeri lab şaklida bölib, unga «Karami Haqqa nihoyat yöqdur (Alloh taolo karamining çeki yöq)» degan yozuv bitilgan.

Öşa vaqtlar nefrit Movarounnahrda noyob toş sanalgan. Piyolaning nefritdan işlanişining sababi, u çaqmoq urişidan saqlagan. Eng asosiysi, nefritga solingan zahar öz ta'sir kuçini yöqotgan. Natijada, bunday piyola egalari içimlikni bexavotir iça olgan.
Uçraşuvda tomonlar özaro hamkorlikni yanada rivojlantirişdan manfaatdor ekanliklarini izhor etdilar. Muzokaralar natijasida Britaniya muzeyi xodimlarining Özbekistonga safarini taşkil etiş, özaro tajriba almaşişni yölga qöyiş, muzey fondida saqlanayotgan mamlakatimiz tarixiga oid nodir eksponatlarni tadqiq etiş, kataloglarini yaratiş, özbekistonlik mutaxassislarning Britaniya muzeyida amaliyot ötaşlarini joriy qiliş böyiça dastlabki kelişuvlarga erişildi.
Britaniya muzeyi Mirzo Uluğbek foydalangan nodir piyolaning nusxasini Özbekiston buyurtmasi böyiça tayyorlab berişga tayyor ekanini ma'lum qildi.
















