Vazirlar Mahkamasining 2.03.2018 yildagi 157-son “Olimpiya va milliy sport turlari böyiça Nukus oliy sport mahorati maktabini taşkil etiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi, deb yozmoqda Norma.
 
Nukus oliy sport mahorati maktabi Nukus şahridagi M.Jumanazarov köçasida joylaşgan va foydalanişga topşirilgan yangi sport majmuasi negizida taşkil etiladi. Maktabga byudjyetdan moliyalaştiriladigan maktabdan taşqari sport-ta'lim muassasasi maqomi berildi. Byudjyet mablağlaridan taşqari maktab faoliyati ixtisosligi böyiça pulli xizmatlar körsatişdan tuşadigan mablağlar, homiylik xayriyalari, şuningdek qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar maktab faoliyatini moliyalaştiriş manbalari bölişi mumkin.
 
Quyidagilar maktabning asosiy vazifalari etib belgilandi:

• sportning olimpiya va milliy sport turlari bilan şuğullaniş uçun zarur sport körsatkiçlari, sport salohiyati, sportning tanlangan turi böyiça professional könikmalar va mahoratga ega bölgan iqtidorli va istiqbolli sportçilarni tanlab oliş;
• yangi ilmiy-metodik tavsiyalar va yutuqlar asosida sport zaxiralarini, terma jamoalarga yuqori mahoratli sportçilar va malakali trenerlarni tayyorlaş uçun öquv-maşğulot yiğinlarini ötkaziş;
• sport terma jamoalarining asosiy va zaxira tarkiblarini töldirişga qodir bölgan yuqori malakali sportçilarni tayyorlaş, zamonaviy bilimlarga ega trenerlar tarkibini tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş, sportning olimpiya va milliy turlarini rivojlantiriş;
• nazariy tayyorgarlik va texnik-taktik könikmalarni takomillaştiriş, sportçilarning professional sifatlarini rivojlantiriş, şuningdek, xalqaro talablarga muvofiq terma jamoalarni tayyorlaş darajasini oşiriş;
• yetakçi xorijiy davlatlar, sport taşkilotlari va klublar bilan hamkorlikni rivojlantiriş, şu jumladan sportçilar va trenerlar tarkibining kasb mahoratini oşiriş yuzasidan Xitoy davlati tajribasidan foydalaniş, yuqori darajaga ega bölgan xorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotçi mutaxassislari va trenerlarini şartnoma asosida jalb etgan holda, Qoraqalpoğiston Respublikasidagi sport-ta'lim muassasalarining trener-öqituvçilarining malakasini oşiriş;
• trener-öqituvçilar malakasini oşiriş, şu jumladan bolalar trenerlarini tayyorlaş, iqtidorli yoş sportçilarni aniqlaş, xalqaro sport maydonlarida munosib qatnaşadigan professional sportçilarni tayyorlaş uçun ularning könikma va bilimini rivojlantirişga yönaltirilgan zamonaviy öqitiş dasturlari va metodlarini joriy etiş.