Har yili 9 mart kuni Ukrainada şoir Taras Şevçenkoning tuğilgan kuni keng nişonlanadi.
Prezident Petro Poroşenko ham har yili şoirning haykali poyiga gullar qöyardi. Bugun Kiyev markazidagi Şevçenkoning haykali oldida odamlar töplanib, prezidentga qarşi miting ötkazmoqda.
Ularning qölida «Poroşenko - bizning prezident emas» sözlari yozilgan banner kötarilgan. Prezident rasmining ustiga esa «Öğri» deb yozilgan.
Namoyişçilar maydon qöriqlanayotgan bölişiga qaramay, u yerga kirib olişgan va haykal oldida Poroşenkoni kutişmoqda. Şu tariqa ular Poroşenkoga xalaqit berişmoqçi.
Ma'lum bölişiça, bu namoyişçilar Mixail Saakaşvilli taşkil qilgan «Yangi kuçlar harakati» partiyasi a'zolari hisoblanadi.












