AQŞ prezidenti Donald Tramp atrofidagi tört nafar yuqori martabali mulozim «Batkivşçina» partiyasi yetakçisi Yuliya Timoşenko, şuningdek, sobiq prezident Petro Poroşenkoning «Yevropa birdamligi» partiyasi a’zolari bilan yaşirinça uçraşdi, deb yozdi Politico.
Naşr ma’lumotlariga köra, tomonlar keng qamrovli tinçlik muzokaralari boşlanişidan oldin Ukraina prezidentlik saylovlarini ötkazişi mumkinmi yoki yöqligini muhokama qilgan. Mamlakatdagi saylovlar harbiy harakatlar va harbiy holat tufayli qoldirilmoqda.
Naşr suhbatdoşlariga köra, Tramp jamoasidagilar amaldagi prezident Volodimir Zelenskiy ukrainlar uruşdan çarçagani va mamlakatda korrupsiya darajasi yuqoriligi sababli saylovlarda ğalaba qozona olmasligiga umid qilmoqda.
Politico naşri yozişiça, Tramp tarafdorlarining fikriça, Timoşenko va Poroşenko murosaga köproq moyil böladi.
Fevral oyi örtalarida Donald Tramp Ukraina prezidenti Zelenskiyni «saylovsiz diktator» deb atagandi (töğri, keyinroq u bu gapni özi aytganiga işona olmasligini aytdi).
Jurnalistlar ta’kidlaşiça, Tramp vakillari Zelenskiyga, agar u AQŞning uruşni tezroq töxtatiş rejasini töliq qöllab-quvvatlamasa, iste’foga çiqişni taklif qilmoqda.
Naşr ma’lumotlariga köra, Ukrainada prezidentlik saylovlarini ötkaziş ğoyasi hozirda Kreml tomonidan ham ilgari surilmoqda.
Şu bilan birga, Politico Poroşenko ijtimoiy sörovlar reytingida uçinçi örinda ekani va Zelenskiy hamda Zalujniydan sezilarli darajada ortda qolganini qayd etadi. Timoşenkoning reytingi unikidan ham past. Ukrainada ötkazilgan sönggi sörovlarga köra, Zalujniy reytinglarning mutlaq yetakçisi, Zelenskiy esa sezilarli farq bilan ikkinçi örinda.
Timoşenko ham, Poroşenko ham parlamentda fraksiyalarga ega, ammo ularning partiyalarining mandatlarini «Xalq xizmatkori»fraksiyasi bilan soliştirib bölmaydi.
Mantiqan, Ğarb siyosatçilari rasmiy parlament muxolifati kabi ularning jamoalari bilan muloqot qilişlari mumkin. «Golos» muxolifat fraksiyasi rahbari Aleksandra Ustinova ham AQŞ rasmiylari bilan doimiy aloqalari haqida muntazam hisobot berib keladi.
Şunisi e’tiborga loyiqki, parlamentdagi «Batkivşina» fraksiyasi ovoz berişda prezidentning «Xalq xizmatkori»ga qöşiladi.















