UYeFA Çempionlar Ligasi nimçorakfinalidan örin olgan «PSJ» - «Real» (1:2) öyini yakuniga köra, mezbonlarning ustidan intizomiy iş oçdi. 6 mart kuni Parijda ötkazilgan öyinda «PSJ» muxlislari pirotexnika vositalarini işlatganlik, lazer nurlaridan foydalanganlikda ayblanmoqda. Bundan taşqari, klub taşkiliy işlarni me'yorida bajarmagan, xususan, stadionni tark etiş joylari muxlislar tomonidan tösib qöyilgan. Bu iş böyiça qaror 22 mart kuni çiqariladi.