Qatar BMTga BAA ustidan arznoma yölladi. U qöşni davlatni suv hududlarini buzişda ayblamoqda.

Qatarning BMTdagi doimiy vakili Ahmad bin Saif ol Soniy BMT boş kotibi Antoniu Guterriş va BMT Xavfsizlik kengaşi raisi, Niderlandiyaning doimiy vakili Karel van Osteromga Abu-Dabi ustidan şikoyat maktubini yöllagan.

Doxaning noroziligiga 19 yanvarda Fors körfazida yuz bergan voqea sabab bölgan.

“BAA bayroği ostidagi harbiy kemadan suvga harbiylar bölgan kater tuşirilgan. Kater Qatar iqtisodiy hududi çegaralarini buzgan va 8 hind bölgan baliq ovlovçi kema yönalişini özgartirib, BAA suv huddudlariga kirişga majbur qilgan”, deb aytilgan maktubda.

Hujjatda xalqaro hamjamiyat olib ketilgan hindlarni ozod qiliş va Abu-Dabi xalqaro qonunlarni hurmat qilişi maqsadida unga bosim ötkazişda xayrixohlik qilişga çaqirilgan.  

Abu-Dabi bu ayblovlarga izoh bermagan.

Qatar yanvarda BMT boş kotibi va Xavfsizlik kengaşiga BAAning harbiy yuk samolyoti uning havo hududini buzgani yuzasidan arznoma yöllagandi.