Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina NATOda aspirant-davlat maqomini oldi
Foto: Reuters
NATO Ukrainaga aspirant-davlat maqomini taqdim etdi. Bu haqda Oliy rada spikeri o‘rinbosari Irina Gerashchenko feysbukdagi sahifasida xabar bergan.
«NATO Ukraina uchun aspirant-davlat maqomini tan oldi! Biz qadam ketidan qadam qo‘yish orqali alyansga to‘laqonli a'zolikka yaqinlashmoqdamiz», - deya yozdi Gerashchenko.
Shuningdek, ushbu ma'lumot alyans saytida ham taqdim etildi.
«Ayni damda to‘rt hamkor davlat NATOga a'zolikka intilayotgani haqida bildirdi: Bosniya va Gertsegovina, Gruziya, Makedoniya hamda Ukraina», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
07:38
Rossiya va Ukraina vaqtinchalik sulh e’lon qildi
21:06 / 04.05.2026
Yevropaliklar Rossiya ikki yil ichida NATO davlatiga hujum qilishga urinishini taxmin qilmoqda
09:23 / 04.05.2026
Rossiya 2024 yildan beri birinchi marta Ukraina bilan urushda hududlarini yo‘qota boshladi
21:13 / 03.05.2026